Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 284 nafarga yetdi

Olam

image

Bugun, 6 fevral kuni Turkiyaning markaziy qismida va Suriya shimoli-g‘arbida sodir bo‘lgan 7,9 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali kuchli zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 284 nafarga yetdi va jami 2 323 kishi jarohatlangan. Bu haqda “TRT Haber” telekanali xabar berdi.

Telekanal har bir viloyatda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarni soni haqida ma’lumot berdi:
Qahramanmarash – qurbonlar 70 nafar, jarohatlanganlar 200 nafar; 
Hatay – qurbonlar 4 nafar, jarohatlanganlar 7 nafar;
Osmaniya – qurbonlar 20 nafar;
Adiyaman – qurbonlar 13 nafar, jarohatlanganlar 22 nafar;
Diyorbakir – qurbonlar 14 nafar;
Shanliurfa – 18 qurbon va 200 yarador;
Gaziantep – 80 kishi halok bo‘ldi, 600 kishi yaralandi;
Kilis – qurbonlar 8 nafar;
Adana – qurbonlar 10 nafar;
Malatyada 47 nafar qurbon bor;

“Reuters” ma’lum qilishicha, ushbu zilzila to‘lqini Kipr va Livanda ham sezilgan. 

Turkiya hukumati jabrlangan hududga qutqaruv guruhlari va samolyotlar yetkazib bergan, shu bilan birga xalqaro yordamni talab qiluvchi “4 darajali signal” e’lon qilingan.

Turkiya Prezidenti mamuriyati Erdo‘g‘anni jabrlangan sakkiz viloyatning hokimlari bilan telefon orqali gaplashib, vaziyat va qutqaruv ishlari haqida ma’lumot to‘plaganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Turkiya dunyodagi zilzilalarga eng ko‘p moyil davlatlar qatoriga kiradi. 1999 yilda Izmit shahrida sodir bo‘lgan 7,6 magnitudali zilzila oqibatida 17 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan edi. 2011 yilda esa mamlakat sharqidagi Van shahrida zilzila oqibatida 500 dan ortiq kishi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing