Turkiyadagi o‘zbek diasporasi Nodira Qodirova o‘limini shunday qoldirmoqchi emas

Jamiyat

image

Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati, nafaqadagi general Shirin Unalning uyida oqsoch bo‘lib ishlayotgan 23 yashar o‘zbekistonlik Nodira Qodirova generalning to‘pponchasi bilan o‘zini otib, joniga qasd qilgani haqida xabar bergan edik.

Voqea sodir bo‘lganidan bir necha kun o‘tib, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Nodira Qodirovaning o‘limi yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Turkiyada Qodirovaning suiqasdi yuzasidan surishtiruv boshlandi. Prokuror Laylo Niyozovani so‘roq qilib, undan dugonasi fohishalik bilan shug‘ullangani haqida so‘radi.

Nodira Qodirovaning akasi Muhammadali Qodirov ekspertiza xulosasidan shubhada ekanini, singlisi joniga qasd qilganida deputat uyda bo‘lganini ma’lum qildi.

Masala OAVda tinimsiz yoritilishi ortidan Turkiya parlamenti deputati ham bunag e’tibor qaratdi. Deputat Sera Kadigil Nodira Qodirova suiqasdini Turkiya Buyuk Millat Majlisida ko‘tardi. Kadigil xonim mamlakat Adliya vaziriga mazkur holat bo‘yicha so‘rov yubordi.

Bugun, 1 oktyabr kuni O‘zbekiston TIV navbatdagi bayonot bilan chiqdi. Vazirlik Turkiyadagi O‘zbekiston elchixonasi Nodira Qodirova ishi nazoratda ekanini ma’lum qildi.

“Mamlakatimizning Turkiyadagi Elchixonasi 2019 yilning 23 sentyabr kuni Anqara shahrida O‘zbekiston fuqarosi Nodira Qurbonovaning fojiali o‘limi bilan bog‘liq vaziyat o‘z nazoratida ekanligini ma’lum qiladi.

Anqara shahri prokuraturasi bergan ma’lumotga ko‘ra ayni paytda tergov tadbirlari olib borilmoqda, jumladan, guvohlar so‘roq qilinmoqda, telefon so‘zlashuvlar va elektron yozishlamalar mazmuni o‘rganilmoqda. Tegov organlari sud-tibbiy ekspertiza xulosasini kutmoqda”, deyiladi vazirlik axborotida.

Qayd etilishicha, elchixona xodimlari Turkiyada yashaydigan o‘zbek diasporasi vakillarining mazkur masala bo‘yicha savollariga javob bermoqda.


Maqola muallifi

Teglar

suiqasd Nodira Qodirova Shirin Unal

Baholaganlar

234

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing