Samarqandda ayol römol bilan özini osdi
3-sahifa
−
12:35 2080 1 daqiqa
Samarqand şahrida 42 yoşli ayol uyining hovlisidagi turnikka römol bilan özini osdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ söroviga javoban Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov ma’lum qildi.
Uning bildirişiça, voqea joriy yilning 21 oktyabr kuni soat taxminan 12:30 da sodir bölgan. Samarqand şahri, “Ipak yöli” MFY, Ilğor köçasi 1-yölak 5-uyda yaşovçi 1984 yil 20 iyun kuni tuğilgan D.M. uyining hovlisidagi turnikka römol bilan böyin sohasidan osib öz joniga qasd qilgan va voqea joyida vafot etgan.
Hodisa joyiga tezkor-tergov guruhi çiqib, voqea joyi közdan keçirilib, zarur tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilgan va marhumaning ölimi sababi, tanasida tan jarohatlari bor-yöqligini aniqlaş uçun RSTEIAM Samarqand filialiga sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Şuningdek, murda ekspertiza tekşiruvidan ötkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşent şahrida 16 yaşar qiz öz uyida osilgan holatda topilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi