Suiqasd xavfi: AQSH o‘z diplomatlarini Eron tahdididan ogohlantirdi

Olam

−

image

AQSH razvedkasi Eron amerikalik diplomatlar va mansabdor shaxslarga suiqasd uyushtirishni rejalashtirayotganidan ogohlantirdi. Ayrim rejalar allaqachon jiddiy tayyorgarlik bosqichiga yetgan. Bu haqda AQSH Milliy razvedka direktori Jey Kleytonning Davlat kotibi Marko Rubioga yuborgan xizmat xatiga tayanib, “Axios” xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, razvedka xulosalari Yaqin Sharqdagi bir nechta AQSH elchixonalarida xodimlar sonini qisqartirishga sabab bo‘lgan omillardan biri hisoblanadi.

Kleyton o‘z maktubida Eron tomonidan uyushtirilishi mumkin bo‘lgan suiqasd rejalari haqidagi ma’lumotlarni ko‘proq amerikalik xodimlarga yetkazish zarurligini bildirgan. Buning uchun ushbu ma’lumotlarning maxfiylik darajasini imkon qadar pasaytirishni taklif qilgan. Hujjatda suiqasdlar kimlarga qarshi rejalashtirilayotgani, ularning tafsilotlari yoki Yaqin Sharqdan tashqaridagi qaysi davlatlarga taalluqli ekani ochiqlanmagan. Biroq AQSH Davlat departamentining yuqori martabali xodimlari bu haqdagi razvedka ma’lumotlarini olgan.

Shuningdek, AQSH rasmiylari Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Yamandagi husiylar hujumlarini Saudiya Arabistonidan tashqariga kengaytirib, mintaqaning boshqa davlatlariga ham zarba berishidan xavotirda. AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni qayta boshlashi mumkinligi ham tashvish uyg‘otmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH va Isroil Eronga qarshi yangi harbiy operatsiya rejasini ishlab chiqqani haqida xabar berilgan edi. Hujumlar joriy yilning 3 noyabr kuni AQSH Kongressiga o‘tkaziladigan oraliq saylovlardan keyin boshlanishi mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing