Turkiya Bayraktar'lar Ukrainaga qanday borib qolganini ma’lum qildi

Olam

image

Turkiya Bayraktar uchuvchisiz uchiv vositalarini (UAV) Ukrainaga yordam sifatida topshirmagan, Kiyev dronlarni xususiy kompaniyadan sotib olgan. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yavuz Selim Kiran ma’lum qildi.

2018-2020 yillarda Ukraina Bayraktar TV2 turk hujumkor uchuvchisiz havo tizimlarini import qilgan, ularni sotib olishga taxminan 74 million dollar sarflangan. Fevral oyi boshida Prezident Vladimir Zelenskiy Ukraina va Turkiya mamlakatda Bayraktar uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha kelishuv imzolaganini aytgandi.

“Bayraktar” xususiy korxona mahsulotidir. Ukraina ham ushbu mahsulotni kompaniyamizdan sotib olmoqchi bo‘ldi va ular o‘rtasida shartnoma tuzildi. Ular ushbu mahsulotni taqdim etishdi. Butun dunyoda shunday. Bugungi kunda Rossiya, AQSHda xususiy harbiy-sanoat kompleksi kompaniyalari mavjud. Xususiy harbiy-sanoat kompleksi kompaniyalari davlatlar bilan shunday shartnomalar tuzishlari mumkin. Bu davlatlar ularni hech narsaga majburlamayapti. Bu Turkiyadan yordam emas, Ukraina turk kompaniyasidan sotib olgan mahsulotlar. Albatta, biz bu mahsulotlar bilan faxrlanamiz”, deya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarining so‘zlarini keltiradi “Sabah” gazetasi.

Ukraina harbiylari mamlakatga bostirib kirgan rus qo‘shinlariga qarshi Bayraktar'lardan faol foydalanmoqda. Rasmiylaar shu turdagi dronlar bilan ruslarning bir qancha harbiy texnika va kolonnalarini to‘xtatganini ma’lum qildi.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing