To‘qayev Rahmonga minnatdorlik bildirdi 

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev telefon orqali muloqotda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonga Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti doirasida Qozog‘istondagi vaziyatni normallashtirish doirasida ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Tojikiston rahbari matbuot xizmatiga tayanib xabar berilgan.  

“Qozog‘iston Prezidenti davlatimiz rahbari va Tojikiston xalqiga KXSHT tinchlikparvar qo‘shma kuchlari tarkibida Tojikiston Respublikasi harbiy xizmatchilarining cheklangan kontingenti Qozog‘istonga jo‘natilgani uchun minnatdorlik bildirdi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida. 

Ta’kidlanishicha, ikki davlat rahbarlari Qozog‘istondagi vaziyatning rivojlanishini muhokama qilgan. To‘qayev Rahmonga vaziyatni barqarorlashtirish, tinchlik va osoyishtalikni tiklash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida gapirgan.

Qozog‘istonda namoyishlar 

Qozog‘istonda norozilik aksiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so‘m) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqdi. Tobora olovlangan namoyishlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau shahridagi “Intimak” maydonida namoyishchilar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang‘istau viloyatida gaz narxini litri uchun 50 tenge etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.    

Muzokara davomida tomonlar barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib olgan.    

5 yanvar kuni, Qozog‘istonning amaldagi Hukumati iste’fo berdi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Hukumat iste’fosini qabul qildi. Shuningdek, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini Prezident To‘qayev egalladi.

Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Karim Masimov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Yermek Sagimbayev egalladi.

Qozog‘istonda butun mamlakat bo‘ylab 19 yanvargacha favqulodda holat joriy etildi. Shuningdek, shu kunlarda soat 23:00 dan 07:00 gacha komendantlik soati amalda bo‘ladi.

Prezident Respublika Saken Isabekovni davlat qo‘riqlash xizmati rahbari etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

To‘qayev mamlakatdagi norozilik vaziyatiga Hukumat, xususan, Energetika vazirligi, shuningdek, “Kazmunaygaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini aybladi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) mamlakatga cheklangan muddatga tinchlikparvar kuchlarni kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi


Maqola muallifi

Teglar

Rahmon To'qaev

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing