To‘qayev namoyishlarni kim uyushtirganini biladi – ekspert

Olam

image
0:00
0:00
download

Qozog‘istondagi norozilik namoyishlari Prezident Qosim-Jomart To‘qayevning iste’fosini talab qilayotganlar tomonidan soxtalashtirilmoqda, buni oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin va davlat rahbarining o‘zi ham bundan xabardor. Bu haqda MDH davlatlari instituti direktori o‘rinbosari Vladimir Jarixin ma’lum qildi.

Bugun, 5 yanvar kuni To‘qayev xalqqa qilgan ikkinchi murojaatida Qozog‘istondagi fitnachilar puxta harakat rejasiga ega bo‘lganini va ular moddiy jihatdan rag‘batlantirilganini aytgan. 

“Prezident buni kim qilganini aytmadi, lekin u buni aniq biladi. Namoyishlar qalbakilashtirilganini oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin”, deydi Jarixin. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, To‘qayevning iste’fosidan foyda ko‘radigan elita vakillari norozilik namoyishlarini o‘tkazishi mumkin. 

Jarixinning qo‘shimcha qilishicha, namoyishchilar o‘z shiorini o‘zgartirib, narxlar avvalgi darajasiga qaytganidan keyin hukumat iste’fosini talab qila boshlagani shubhali ko‘rinadi.

Qozog‘istonda namoyishlar 

Qozog‘istonda norozilik aksiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so‘m) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqdi. Tobora olovlangan namoyishlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau shahridagi “Intimak” maydonida namoyishchilar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang‘istau viloyatida gaz narxini litri uchun 50 tenge etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.    

Muzokara davomida tomonlar barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib olgan.    

Shuningdek, miting ishtirokchilari javobgarlikka tortilmasligiga ham kafolat berilgandi. Lekin, 5 yanvar kuni Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari mamlakatning bir qancha viloyatlarida sodir etilgan noqonuniy harakatlar chog‘ida jamoat tartibini buzganlik uchun 200 dan ortiq kishini qo‘lga oldi.  

5 yanvar kuni, shuningdek, Qozog‘istonning amaldagi Hukumati iste’fo berdi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Hukumat iste’fosini qabul qildi. Shuningdek, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini Prezident To‘qayev egalladi.

To‘qayev mamlakatdagi norozilik vaziyatiga Hukumat, xususan, Energetika vazirligi, shuningdek, “Kazmunaygaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini aybladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev Qozog'istondagi vaziyat

Baholaganlar

3110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing