Töqayev “matbuot erkinligi kuşandalari” röyxatiga kiritildi
Bu qiziq
−
19:27 620 4 daqiqa
Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev “Çegara bilmas muxbirlar” (RSF) taşkiloti tomonidan “matbuot erkinligi kuşandalari” röyxatiga kiritildi. Bu haqda taşkilotning keça, 2 noyabr kuni e’lon qilingan hisobotida keltirilgan.
“Ularni nima birlaştirib turadi? Matbuot erkinligiga bölgan bir xil nafrat. Ularning vositalari turliça, ammo maqsadlari bir xil: mustaqil ovozi borlarni sukut saqlaşga majbur qiliş va axborot erkinligini oyoqosti qiliş. Qotilliklar, qamoq jazolari, oborösizlantiriş, propaganda, trollar armiyasidan foydalaniş... Muxolifni jim qiliş uçun har qanday usul ma’qul köriladi”, deyiladi antireytingga bağişlangan hisobotda.
Şu tariqa, “Huquq” kategoriyasi böyiça Qosim-Jomart Töqayev Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan yoki hind biznesmeni Gautam Adanining kompaniyalar konglomerati kabi “kuşandalar”ga qöşilgan. Ular “jurnalistlar va OAVga qarşi asossiz sud jarayonlariga taşabbus bildiriş orqali matbuotni ta’qib qiliş uçun barça imkoniyatlarni işga solmoqda”.

“Şuningdek, matbuotga bölgan işonçni kamaytiriş va OAVning iqtisodiy muammolaridan öz manfaati yölida foydalaniş uçun har kuni harakat qilayotganlarning xatti-harakatlari ham matbuot erkinligiga jiddiy xavf tuğdirmoqda”, deya qöşimça qilgan RSF.
“Kuşandalar” röyxatiga AQŞ Prezidenti Donald Tramp ham kiritilgan va u “öz örnini haqli ravişda egallagan”, çunki u “hozirda matbuot erkinligi reytingida 64-örinni egallab turgan AQŞdagi jurnalistikani siyosiy kommunikatsiyaga aylantiriş maqsadida köplab yönalişlar böylab hujum qilgan”. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa “öz örnini mustahkam saqlab turibdi”. Siyosiy röyxatda, şuningdek, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus rezidenti Aleksandr Lukaşenko va “Tolibon” rahbari Haybatulloh Oxundzoda körsatilgan.
Şuningdek, bu yil jurnalistlarga nisbatan kuç işlatiş orqali bosim ötkazişning afsuslanarli amaliyotini davom ettirayotgan Isroil Mudofaa armiyasi, Meksika kartellari yoki Xitoy Kommunistik partiyasi kabi tuzilmalar ham öz örinlarini saqlab qolgan.
“Binyamin Netanyaxu hukumati Isroil Mudofaa armiyasi yordamida Ğazo sektorida, Iordan daryosining Ğarbiy Sohilida va hatto Livanda jurnalistlarga nisbatan qatağon siyosatini olib bormoqda. Si Szinpin rahbarligidagi Xitoy jurnalistlar uçun dunyodagi eng katta qamoqxona bölib qolmoqda. Meksika kartellariga kelsak, ular bu yil har oyda jurnalistlarning qotilliklari yuz bergan şartli ravişda “tinç” mamlakatda qörquv muhitini boşqarmoqda”, deya tuşuntirgan RSF.
Kuç işlatar tuzilmalar röyxatiga Burkina-Fasodagi xunta, Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon va Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi kiritilgan bölib, ularning rejimi davrida sönggi bir neça hafta içida “Matsaddaş” saytining faktçeker jurnalistlari hibsga olingan va ommabop “Mada Masr” yangiliklar sayti yopib qöyilgan.
Şu bilan birga, iqtisodiy jihatdan röyxatdan Alphabet va Meta kabi yirik texnologik korporatsiyalar joy olgan. “Jamiyat” sohasida esa antireytingga Ilon Mask kiritilgan.
Ma’lumot uçun, “kuşandalar röyxati” – bu RSF’ning antireytingi bölib, u töliq xolislikka da’vo qilmaydi, ammo unda ötgan murakkab yil davomida zarar yetkazişga bölgan oçiq-oydin intilişni namoyon etgan şaxslar va taşkilotlar taqdim etilgan. Har yili turli mamlakatlardagi matbuot erkinligi vaziyatidagi özgarişlar baholanadigan RSF Butunjahon matbuot erkinligi reytingiga qöşimça ravişda, uşbu “kuşandalar galereyasi” mavjud bölib, unda vaziyat boşqa rakursdan körsatiladi va yomonlaşuv uçun mas’ul bölgan şaxslarga işora qilinadi.
“Statistika, yomonlaşuv va matbuot işidagi tösiqlar ortida konkret insonlar turibdi. Ular jismoniy yoki ritorik zöravonlik, qonunçilik, tahdidlar, onlayn-manipulyatsiyalar yoki iqtisodiy bosim vositasida harakat qilişlari mumkin, ammo bu kuşandalarni bir narsa birlaştiradi: jurnalistlarga öz işini qilişga xalaqit beriş, fuqarolarni erkin va mustaqil axborot manbalariga bölgan huquqidan mahrum qiliş istagi”, deyiladi RSF hisobotida.
Live
Barchasi