Şavkat Mirziyoyevning Qozoğistonga taşrifi yakunlandi

Jamiyat

−

image

Bugun, 6 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ostona şahriga amaliy taşrifini yakunladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, Qozoğiston poytaxtida davlat rahbari sun’iy intellekt sohasidagi xavfsizlik masalalari böyiça Markaziy Osiyo davlatlari yetakçilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uçraşuvida iştirok etgan.

Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlaş, terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş, raqamli texnologiyalarning rivojlanişi bilan boğliq yangi xatar hamda tahdidlarga birgalikda qarşi turiş masalalari körib çiqilgan.

Tadbir doirasida Özbekiston yetakçisi Iordaniya podşohi Abdulla II bilan uçraşuv ötkazgan. Qozoğiston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlari, Ozarbayjon va Qirğizistonning yuqori martabali vakillari hamda Aqaba jarayoni moderatori bilan ham suhbatlar bölib ötgan.

Ostona xalqaro aeroportida Özbekiston Prezidentini Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev kuzatib qöygan. Davlat rahbari Toşkentga jönab ketgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing