Tojikiston va Qirg‘iziston yana 10 kilometrlik chegara chizig‘iga kelishib oldi
Olam
−
17 mart
5948Tojikiston va Qirg‘izistonning davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha topografik ishchi guruhlari va hukumat delegatsiyalarining huquqiy guruhlari bahsli chegara chizig‘ining 10,7 kilometrdan ortiq qismi bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.
Tomonlar uchrashuvi 12-17 mart kunlari Tojikistonning So‘g‘d viloyatining Bo‘ston shahrida bo‘lib o‘tgan. Ular navbatdagi uchrashuvni Qirg‘iziston hududida o‘tkazishni va u yerda umumiy davlat chegarasining qolgan uchastkalarini tavsiflash ustida ishlashni davom ettirishni reja qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, mintaqada ikki davlat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan hamda delimitatsiya va demarkatsiya bo‘yicha bir qarorga kelingandi. 2023 yilning noyabr oyida tomonlar 18 km, dekabr oyida esa 12 km chegara bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Joriy yilning 16 yanvarida esa davlatlar yana 38 km chegara bo‘yicha kelishib oldi. Fevral oyi boshida qirg‘iz-tojik chegarasi bo‘linishining 90 foizi yakunlangani ma’lum qilindi. 15 fevral kuni mamlakatlar chegarasining yana bir kilometriga kelishib oldi.
LiveBarchasi