“Tolibon” qirol Zohir Shoh davridagi konstitutsiyaga amal qilishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati qirol Muhammad Zohir Shoh davrida (1933-1973) amalda bo‘lgan konstitutsiyaga vaqtincha amal qiladi. Bu haqda “Tolibon” tomonidan muvaqqat hukumatda Adliya vaziri etib tayinlangan Abdul Hakim Sharianing bayonotiga tayanib xabar berilgan.  

Unga ko‘ra, konstitutsiyadagi shariat qonunlariga zid bo‘lgan moddalar istisno qilinadi. 

Avvalroq, “Tolibon” Afg‘oniston janubidagi Helmand viloyatida zamonaviy soch turmagi qilishni va soqol olishni taqiqlagandi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqatni shakllantirdi


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Afg'loniston

Baholaganlar

434

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing