Tarbiyachisi bolaga latta “yedirgan” bog‘chaning faoliyati to‘xtatildi
3-sahifa
−
14 iyul 4310 1 daqiqa
Avvalroq, Toshkent shahridagi bog‘chalarning birida tarbiyachi bolaning og‘ziga latta tiqib, qiynagani va keyinroq mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu hodisa ortidan “Rayyan Kids Land” bog‘chasining faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 14 iyul kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining javobgar “Rayyan Kids Land” oilaviy korxonasiga nisbatan litsenziyani bekor qilishga oid huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilgan.
Muhokama yakunida sudning hal qiluv qarori bilan qayd etilgan oilaviy korxonaga (nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun) 2025 yil 13 avgustda berilgan litsenziya bekor qilingan.
Shuniingdek, raislik qiluvchi tomonidan sud hujjati mazmuni hamda unga nisbatan shikoyat qilish tartibi va muddatlari tushuntirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 iyun kuni ushbu ta’lim tashkiloti tarbiyachisi A.G. tomonidan tarbiyalanuvchilardan biriga nisbatan jismoniy va ruxiy zo‘ravonlik qilingani qayd etilgan. Shuningdek, o‘rganish natijalariga ko‘ra, ta’lim tashkiloti tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan 6 ta holat bo‘yicha litsenziya talablari va shartlari qo‘pol ravishda buzilgani aniqlangan.