Qamaşida 3 yaşar boğça bolasining ölimiga sabab bölgan şaxs qamaldi
3-sahifa
−
12:42 344 2 daqiqa
Joriy yilning iyun oyida Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanida xususiy boğça tarbiyalanuvçisi bölgan 3 yaşar qizça maşina içida qolib vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Uşbu iş böyiça boğçaning norasmiy rahbari sud hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanişdi.
Hujjatda keltirilişiça, sudlanuvçi O.Ç. otasining nomiga rasmiylaştirilgan oilaviy nodavlat maktabgaça ta’lim muassasasini norasmiy ravişda boşqargan. U joriy yilning 4 iyun kuni ertalab soat 08:00 larda Kia Carnival rusumli avtomaşinada tarbiyalanuvçilarni boğçaga olib kelgan. Avtomaşinadan bolalarni tuşiriş jarayonida ularning hammasi tuşganini tekşirmasdan va sanoqdan ötkazmasdan, 2023 yilda tuğilgan qizçani maşina içida qoldirib, eşiklarni qulflab ketgan.
Qizça maşina içida qolib ketişi oqibatida havo harorati yuqori bölgan yopiq muhitda nafas ololmay vafot etgan. Sud-tibbiyot ekspertizasiga köra, ölimga yuqori harorat ta’sirida rivojlangan ötkir yurak-qon tomir va nafas yetişmovçiligi sabab bölgan.
Şuningdek, O.Ç. boğçada aslida işlamagan şaxslarni soxta hujjatlar orqali rasmiylaştirib, byudjetdan ajratilgan 26 million sömdan ortiq mablağni özlaştirganlikda ham aybli deb topilgan. Sud jarayonida yetkazilgan moddiy zarar töliq qoplangan.
Uşbu iş joriy yilning 14 oktyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Kitob tuman sudida körib çiqilgan. Sudda O.Ç.aybiga töliq iqror bölgan. Sud hukmi bilan u Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik oqibatida odam ölişiga sabab böliş), 167-moddasi 2-qismi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilaştiriş va ulardan foydalaniş) bilan aybli deb topilgan. Unga 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilingan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni manzil-koloniyada ötaşi belgilangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Qumqörğon tumanida yangi tuğilgan çaqaloğini hojatxonaga taşlab yuborgan ayolga sud hukmi öqilgan edi.
Live
Barchasi