Qarşida qariyb 25 mlrd sömlik kripto-aktivlarni aylantirgan şaxs uşlandi
3-sahifa
−
362 1 daqiqa
Qaşqadaryo viloyatining Qarşi tumanida yaşovçi fuqaro litsenziyasiz ravişda Binance kriptovalyuta birjasi orqali 24,8 mlrd sömlik kripto-aktivlarni noqonuniy sotib oliş, ötkaziş va ayirboşlaş bilan şuğullangani aniqlandi. Bu haqda viloyat Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, holat “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor tadbirlari doirasida aniqlangan. Tezkor tadbir davomida fuqaroning uyali aloqa vositasi xolislar iştirokida tegişli tartibda hujjatlaştirilib, közdan keçirilgan.
Tekşiruvda fuqaro tegişli litsenziya olmasdan, telefoniga örnatilgan Binance kriptovalyuta birjasi orqali elektron poçta manzili yordamida jami 24 mlrd 812 mln 815 ming 772 sömlik kriptoaktivlarni qonunga xilof ravişda sotib oliş, ötkaziş va ayirboşlaş bilan şuğullangani ma’lum bölgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buziş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida noqonuniy daromadlarni kriptoaktivlarga aylantirib, ularning asl manbasini yaşirişga uringan uç nafar şaxs qölga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi