Qaşqadaryoda iste’molga yaroqsiz yoğ işlab çiqarayotgan sex aniqlandi
3-sahifa
−
1552 1 daqiqa
Qaşqadaryo viloyatida iste’molga yaroqsiz yoğ işlab çiqariş sexi foş etildi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Şahrisabz tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda fuqaro M.A. “Qumdaryo“ MFY hududidagi xonadonida yaşirin sex taşkil qilib, iste’molga yaroqsiz yoğ işlab çiqarayotganligi aniqlangan. Undan 520 kg kunjara, 310 kg paxta çigiti, 125 litr yoğ va işlab çiqarişda foydalanilgan boşqa mahsulotlar aşyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (çigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravişda işlab çiqariş yoki muomalaga kiritiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Yangiyöl şahrida foydalanişga yaroqsiz bölgan 500 ta isitiş qozonini noqonuniy saqlab kelgan şaxslar aniqlangan edi.
Live
Barçasi