Ayolning uyatsiz suratlarini tarqatiş bilan qörqitgan erkak qamoqqa olindi
3-sahifa
−
1372 1 daqiqa
Qaşqadaryoda erkak ijtimoiy tarmoq orqali tanişgan ayolning şaxsiy suratlarini tarqatib yuboriş bilan tahdid qilib, undan pul undirgan erkak uşlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Toşkent viloyatida yaşovçi, muqaddam sudlangan erkak TikTok ijtimoiy tarmoğidagi “18+” sahifasi orqali Qaşqadaryo viloyatining Kasbi tumanida yaşovçi, 1993 yilda tuğilgan ayol bilan tanişgan. U ayolga uylaniş niyati borligini aytib, uning işonçiga kirgan va bir neçta şaxsiy suratlarini qölga kiritgan.
Keyinçalik erkak uşbu suratlarni uyatsiz tasvirlarga aylantirib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuboriş bilan tahdid qilgan. Şu yöl bilan ayoldan özining plastik kartasiga pul ötkazib berişni talab qilgan.
Qayd etilişiça, Qaşqadaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvçi qölga olingan. Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa olingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatining Toşloq tumanida ayol tanişining şaxsiy ma’lumotlarini oşkor qiliş bilan qörqitib, undan 20 mln söm talab qilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi