Namanganda aholiga möljallangan gazni yaşirinça sotganlar uşlandi

3-sahifa

−

visibility1136 timer1 daqiqa

image

Namangan viloyatining Norin va Çust tumanlarida aholi ehtiyojlari uçun ajratilgan suyultirilgan gazni noqonuniy sotiş holatlari aniqlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida viloyat IIB xodimlari tomonidan Norin va Çust tumanlarida tezkor tadbirlar ötkazilgan.

Norin tumanida yaşovçi, 1984 yilda tuğilgan fuqaroning xonadoni xolislar iştirokida közdan keçirilgan. Tekşiruv davomida u aholi uçun möljallangan suyultirilgan gaz yordamida gaz ballonlarini noqonuniy töldirib, sotiş bilan şuğullanib kelayotgani aniqlangan. Xonadonidan 72 dona gaz balloni tegişli tartibda rasmiylaştirib olingan.

Şuningdek, Çust tumanida yaşovçi, 1983 yilda tuğilgan fuqaro ham aholi uçun ajratilgan suyultirilgan gazning har bir kilogrammini 5 ming sömdan sotib kelgani aniqlangan. Uning yaşaş xonadonidan 6 dona gaz balloni hamda 480 kilogramm suyultirilgan gaz aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.

Bildirilişiça, mazkur ikki holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistondagi turli hududlarda 7 ta holatda suyultirilgan gaz solingan 249 ta gaz ballon tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlanayotgani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing