8 sotix davlat yerini 12,3 ming dollarga sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi (video)
3-sahifa
−
09:38 174 2 daqiqa
Namanganda davlat zaxirasidagi 8 sotix yer maydonini boşqa şaxs nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilgan fuqaro 7 ming dollar olayotgan vaqtida qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, holat “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Namangan viloyati Içki işlar boşqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida aniqlangan.
Tezkor ma’lumotlarga köra, Yangiqörğon tumanida yaşovçi, 1974 yilda tuğilgan fuqaro şu tumanda istiqomat qiluvçi, 1990 yilda tuğilgan şaxsga tuman hokimligi zaxirasidagi 8 sotix yer maydonini uning nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilgan. Buning evaziga u 12 ming 300 AQŞ dollari talab qilib kelgan.
Ötkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvçi talab qilingan mablağning 7 ming dollarini olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Yangiqörğon tumani Içki işlar bölimi huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fuqarolardan yer maydonlari bilan boğliq masalalarda qonunga zid takliflarga aldanmaslik hamda şubhali holatlar haqida huquqni muhofaza qiluvçi organlarga xabar beriş söralgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumanida davlat zaxirasidagi 20 sotix yaylov yerini 500 million sömga sotişni va’da qilgan şaxs uşlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi