14 ta telefonni ömarmoqçi bölgan 18 yoşli yigit qölga tuşdi (video)
3-sahifa
−
09:16 137 1 daqiqa
Namangan viloyatining Uyçi tumanida telefon ustaxonasiga eşik qulfini buzib kirgan va 14 ta telefonni öğirlaşga uringan yigit qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, voqea joriy yilning 10 noyabr kuni soat 02:30 larda tuman markazidagi telefon ustaxonalaridan birida sodir bölgan. Noma’lum şaxs ustaxona eşigining qulfini buzib, içkariga kirgan va telefonlarni öğirlamoqçi bölgan.
Biroq tungi xizmatda bölgan Qöriqlaş xizmati tezkor harakatlanuvçi guruhi voqea joyiga öz vaqtida yetib kelib, ustaxonaga yaşiringan şaxsni qölga olgan.
Tekşiruvda gumonlanuvçi 2008 yilda tuğilgan, Uyçi tumanida yaşovçi fuqaro ekani aniqlangan. Uning yonidan 14 ta telefon qurilmasi aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Öğrilik) 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida fuqarolarga tegişli 19 boş çorva molini öğirlab, sotiş orqali daromad topib kelgan jinoiy guruh a’zolari qölga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi