Namanganda ikki brakoner tabiatga 1 mlrd sömdan ortiq zarar yetkazdi
3-sahifa
−
13:33 246 1 daqiqa
Namangan viloyatida elektr tokli qarmoq yordamida noqonuniy baliq ovlagan ikki nafar fuqaro aniqlandi. Ular tabiatga yetkazgan zarar miqdori 1 milliard 25 million söm etib baholandi. Bu haqda viloyat Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, holat Pop tumanidagi “Yakkatut” mahallasi hududidan oqib ötuvçi Sirdaryoda aniqlangan. Ekologiya boşqarmasi tezkor guruhi xodimlari ötkazgan reyd davomida Mingbuloq tumanida yaşovçi A.U. va Töraqörğon tumanida yaşovçi A.A. taqiqlangan ov vositasidan foydalanib, baliq tutgani ma’lum bölgan.
Ulardan jami yetti turga mansub 31 dona baliq aniqlangan. Ularning sakkiztasi Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston möylovdori (şimbaliq) ekani tasdiqlangan.
Huquqbuzarlarga nisbatan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylaştirilgan. Töplangan materiallar va aşyoviy dalillar huquqiy baho beriş uçun prokuratura organlariga yuborilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Peşku tumanida noqonuniy ov bilan şuğullangan beş nafar fuqaro Ekopolitsiya xodimlarining qonuniy talabiga böysunmay, ularga qarşilik körsatgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi