300 dollar evaziga dalolatnoma rasmiylaştirmaslikni va’da qilgan muhandis qölga tuşdi

3-sahifa

−

visibility1339 timer2 daqiqa

image

Qaşqadaryo viloyatining Koson tumanida elektr hisoblagiçi noqonuniy örnatilgani haqida dalolatnoma rasmiylaştirmaslik va bu holatni elektron dasturga kiritmaslik evaziga 300 dollar talab qilgan “Energosavdo” filiali muhandisi uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Koson tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Aniqlanişiça, “Energosavdo” filiali Koson tumani bölimi muhandisi A.E. fuqaro S.B.ning “Araliq” MFY hududidagi xonadoniga örnatilgan elektr hisoblagiçi noqonuniy ekanini aytib, bu haqda dalolatnoma rasmiylaştirmaslik va ma’lumotlarni elektron dasturga kiritmaslik uçun 300 AQŞ dollari talab qilgan. Buning evaziga yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali masalani hal qilib berişini va’da qilgan.

Uşbu pulning 100 dollarini oldindan qölga kiritgan muhandis qolgan 200 dollarni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatida “Farğona suv ta’minoti” AJ xodimi 2 mln söm evaziga noqonuniy foydalanilgan 8,4 mln sömlik içimlik suvi böyiça dalolatnomani yöq qilib berişni va’da qilib, pulni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing