Qaşqadaryoda 36 gektar yerni $18,5 mingga pullamoqçi bölgan şaxs uşlandi (video)
3-sahifa
−
13:32 602 1 daqiqa
Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida 36 gektar davlat zaxirasidagi yer maydonini 18,5 ming AQŞ dollariga sotmoqçi bölgan şaxs qölga olindi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 1967 yilda tuğilgan fuqaro çorvaçilik yönalişida 49 yil muddatga ijaraga berilgan 36 gektar yer maydonini boşqa şaxs nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilgan. Buning uçun u tuman hokimligida işlovçi mansabdor şaxs hamda Davlat xavfsizlik xizmati orqali işni hal qilib berişini aytib, 18,5 ming dollar talab qilgan.
“Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik oyligi doirasida ötkazilgan tadbirda gumonlanuvçi dastlab 8,5 ming dollar, qöşimça ravişda esa 120 million söm olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) ikkinçi qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida 2 gektar davlat zaxirasidagi yerni auksion orqali arzon narxda olib berişni va’da qilgan Ekologiya bölimi boş mutaxassisi va uning kadastrdagi tanişi 12 mln söm olayotgan vaqtida uşlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi