Parkentdagi boğçada köz kasalligi bilan boğliq holat yuzasidan izoh berildi

O‘zbekiston

−

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyatidagi maktabgaça ta’lim taşkilotlarida bolalar örtasida köz kasalligi tarqalayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Parkent tumanidagi 3-sonli boğçada köz kasalligi alomatlari bilan kelgan bola muassasa hududiga kiritilmagan, boşqa tarbiyalanuvçilarda esa bunday belgilar aniqlanmagan. Bu haqda Toşkent viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinişiça, 2026 yil 10 noyabr kuni Parkent tumanidagi «Qoraqalpoq» qişloğida joylaşgan 3-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotiga 2022 yilda tuğilgan bola köz kasalligi alomatlari bilan kelgan. Boğça ma’muriyati uning salomatligi bilan boğliq belgilarni inobatga olib, hududga kiritmagan va şifokor körigidan ötişi uçun yuborgan.

Keyinçalik bola tuman tibbiyot birlaşmasi tizimidagi 42-son oilaviy poliklinika oftalmologi tomonidan körikdan ötkazilgan. Unga “H10.3 — aniqlanmagan ötkir kon’yunktivit” taşxisi qöyilib, tegişli davolaş muolajalari belgilangan.

Şuningdek, bolaning oilasida ham kasallik alomatlari kuzatilgan. Jumladan, uning katta farzandi va otasida ham şunga öxşaş belgilar aniqlangan. Ayni paytda ularga tuman tibbiyot birlaşmasi tomonidan tibbiy yordam körsatilmoqda.

Boşqarma ma’lumotiga köra, hozirga qadar bunday şikoyatlar bilan murojaat qilgan boşqa bemorlar qayd etilmagan. Boğça ma’muriyati ham boşqa tarbiyalanuvçilarda köz kasalligi alomatlari kuzatilmaganini bildirgan. Şu munosabat bilan ota-onalardan farzandlarining salomatligiga e’tiborli böliş, közda qizariş, yoşlaniş yoki ajralma kelişi kabi belgilar paydo bölsa, öz vaqtida şifokorga murojaat qiliş söralgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona şahridagi uçta boğçada tarbiyalanayotgan bolalar ovqatdan zaharlaniş alomatlari bilan şifoxonaga murojaat qilganligi haqida xabar berildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing