Farğonada 100 dan ortiq bolaning zaharlanişi ortidan MÇJ rahbari qamaldi

3-sahifa

−

image

Farğona viloyatida 100 nafardan ortiq bolaning ommaviy zaharlanişi bilan boğliq jinoyat işi doirasida “Garden Catering Trade” mas’uliyati çeklangan jamiyati rahbari Ş.T. hamda texnologi R.A. ga mos ravişda 4 yil va 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Bu haqda Farğona viloyati sudlari xabar berdi.

Qayd etilişiça, Farğona viloyatida 100 nafardan ortiq bolaning ommaviy zaharlanişi bilan boğliq jinoyat işi Farğona viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atining kassatsiya instansiyasida körib çiqilgan.

Kassatsiya instansiyasining hukmi bilan jinoyat işlari böyiça Furqat tuman sudining joriy yil 21 sentyabrdagi “Garden Catering Trade” mas’uliyati çeklangan jamiyati rahbari Ş.T. hamda texnologi R.A. ga oid qismi bekor qilinib, ularga nisbatan yangi ayblov hukmi çiqarilgan.

Jinoyat kodeksining 59- va 61-moddalari tartibida:

  • “Garden Catering Trade” MÇJ rahbariga 4 yil muddatga;
  • “Garden Catering Trade”  texnologiga esa 3 yil 6 oy muddatga
  • ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Özi nima bölgan edi?

Zaharlaniş joriy yilning fevral oyida sodir bölgan edi. Xususan, 21 fevral kuni Farğona şahar IIB navbatçilik qismiga kelib tuşgan xabarga köra, şahardagi 58-, 2- va 61-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti tarbiyalanuvçilari “tana harorati kötarilişi, qorinda oğriq, iç ötişi” belgilari bilan Yuqumli kasalliklar şifoxonasiga  murojaat qilgan. Umumiy hisobda 105 kişi zaharlangan. Uşbu boğçalarga tayyor ovqatlar autsorsing tarzida Quvasoydagi “Garden catering trade” MÇJ tomonidan yetkazib berilgani aniqlangan.

Joriy yil 21 sentyabr kuni mazkur iş Jinoyat işlari böyiça Furqat tuman sudida körib çiqilgan. Sud hukmi bilan sudlanuvçilarning biri Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş) 1-qismi, 169-moddasi (öğrilik) 2-qismi “d” bandi, 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a” bandi, 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) 2-qismi “b” bandi, 228-moddasi 3-qismida, yana biri 257-1-moddasi 1-qismida, 2 nafari esa 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda aybli deb topilgan.
Öşanda “Garden Catering Trade” MÇJ rahbari Ş.T. ga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni çeklaş va MÇJ texnologi R.A. ga 3 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan. Şuningdek, MÇJ direktori I.B. va hisobçisi A.S. 3 yil muddatga axloq tuzatiş işlariga hukm qilingan. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing