Toshkentdagi xususiy bog‘chada tarbiyachi bolaning og‘ziga latta tiqib, qiynadi (video)
3-sahifa
−
01 iyul 36778 1 daqiqa
Toshkent shahridagi “Rayyona kids” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi tarbiyalanuvchiga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lib, bolaning og‘ziga mato tiqib, qiynadi. Mazkur holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu voqea vazirlik tomonidan nazoratga olingan, huquq tartibot organlari mas’ullari tarkibida Ishchi guruh tuzilgan.
Bildirilishicha, voqeaning barcha tafsilotlariga aniqlik kiritiladi va tegishli tartibda ushbu holatda kasb etika qoidalariga rioya etmagan, holatga javobgar bo‘lgan barcha maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlariga qonun doirasida chora ko‘riladi.
Shuningdek, litsenziya talablariga javob bermaydigan, videodagi holat aks etadigan har qanday maktabgacha ta’lim tashkilotlarining litsenziyasini bekor qilish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi “Ko‘zmunchoq” xususiy bog‘chasida yosh bolani kaltaklagan tarbiyachi ishdan olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi