Navoiyda Damas’ga 33 nafar bolani mindirgan haydovçi uşlandi (video)

3-sahifa

−

image

Navoiy viloyatining Xatirçi tumanida xususiy boğçaga tegişli Damas avtomaşinasiga 33 nafar bola mindirilgani aniqlandi. Bu haqda Navoiy viloyati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinişiça, yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari avtomobilni tekşiriş davomida unda 33 nafar bola olib ketilayotganini aniqlagan. Boğça vakilining aytişiça, bolalar uylaridan boğçaga olib ketilayotgan bölgan.

Qayd etilişiça, mazkur boğça mudirasi va haydovçisi avval ham bolalarni belgilangan me’yordan ortiq taşiş qoidabuzarligi uçun javobgarlikka tortilgan. Ulardan tuşuntiriş xatlari olinganiga qaramay, holat yana takrorlangan.

Bundan taşqari, yana bir holatda haydovçi avtomobilning old örindiğida 4–5 yoşli ikki nafar bolani joylaştirib harakatlangani qayd etilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida Damas haydovçisi 13 nafar boğça bolasini taşigani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing