Navoiyda noqonuniy oltin qazigan 23 kişi uşlandi (video)
3-sahifa
−
173 2 daqiqa
Navoiy viloyatida tarkibida oltin mavjud bölgan toğ jinslarini mahalliy usulda qaziş bilan şuğullanib kelgan 23 nafar şaxs uşlandi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik oyligi tadbirlari davomida tarkibida oltin zarralari mavjud bölgan toğ jinslarini noqonuniy qaziş bilan boğliq holatlar aniqlangan.
Xususan, Navoiy viloyati Içki işlar boşqarmasi tezkor qidiruv xizmati hamda Navbahor tumani Içki işlar bölimi tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Navbahor tumani toğ tizmalarida olib borilgan nazorat reyd tadbirlari davomida 1995, 2002, 2005 yillarda tuğilgan şaxslar qölga olingan.
Mazkur şaxslar tumanning Jizlon toğ tizmasida yaşirinça ma’danlarni qaziş va unga işlov beriş bilan şuğullanib kelgan. Tezkor profilaktik tadbirlar davom ettirilganda esa tumanning toğ tizmalarida xuddi şunday yana beşta jinoiy guruh faoliyati foş etilgan. Jinoiy guruh a’zolari orasida voyaga yetmaganlar ham bölgan.
Qölbola uskunalar yordamida tarkibida oltin mavjud bölgan toğ jinslarini mahalliy usulda qaziş bilan şuğullanib kelgan 23 nafar şaxs uşlanib, ularga tegişli elektr qurilmalari daliliy aşyo sifatida rasmiylaştirib olingan. Uyuşgan jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 196-2-moddasi (foydali qazilmalarni oltin izlovçilar usulida ruxsatnomasiz qazib oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan va Andijon viloyatlarida faoliyat yuritgan, giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi bilan şuğullangan 7 kişidan iborat uyuşgan jinoiy guruh foş etilgandi. Ulardan jami 6 kilogramm 800 gramm gaşiş musodara qilingan.
Live
Barçasi