Stoltenberg dunyo davlatlarini, ayniqsa Rossiyaning qo‘shnilarini xavfdan ogohlantirdi
Olam
−
24 avgust 2022
10802NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg mamlakatlarga mudofaa xarajatlarini oshirish zarurligini ma’lum qildi.
“Sobiq siyosatchi sifatida men sog‘liqni saqlash, ta’lim va infratuzilmaga sarmoya kiritish har doim “jozibadorroq” bo‘lganini bilaman. Biroq, NATO davlatlari mudofaa uchun ko‘proq mablag‘ sarflashlari kerak, chunki biz xavfliroq dunyoda yashayapmiz va ittifoq Rossiyaning shafqatsiz tajovuziga qarshi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. NATO ittifoqchilari aynan shunday qilyapti”, deydi Bosh kotib “Sky News” telekanali orqali.
Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO va uning ittifoqchilari “mojaroning bir qismi emas”. Shunga qaramay, alyans, asosan, sharqiy qanotda, agar blokning har qanday ittifoqchisiga hujum qilingan taqdirda, Moskvaga “aniq signal” berish uchun o‘zining harbiy ishtirokini kuchaytirmoqda.
“Achchiq haqiqat shuki, Rossiya harbiy kuchlari kuchayib borayotgan va qo‘shnilariga qarshi kuch ishlatishga tayyor bo‘lgan bir paytda mudofaa sohasiga ko‘proq sarmoya kerak”, deydi bosh kotib.
Zaporoje atom elektr stansiyasi atrofidagi vaziyatni sharhlar ekan, Stoltenberg mintaqadagi vaziyat Ukraina uchun ham, butun Yevropa uchun ham “xavfli” ekanini aytdi.
Bosh kotib Rossiya kuchlarining Zaporoje atom elektr stansiyasi yaqinidagi harakatlarini “o‘ylamaslik” deb atadi va Rossiyani ushbu ob’ektni tark etishga chaqirdi.
“Rossiya tomoni bu hududdan Ukraina kuchlariga hujum qilish va o‘qqa tutish uchun maydon sifatida foydalanish maqsadida o‘z kuchlarini AES yaqiniga beparvolik bilan joylashtirmoqda”, deydi u.
Rossiya-Ukraina urushi
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.
Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.
Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.
Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.
Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.
LiveBarchasi