Stoltenberg Norvegiya Moliya vaziri etib tayinlandi
Olam
−
04 fevral
3211NATOning sobiq bosh kotibi Yens Stoltenberg Norvegiya Moliya vaziri lavozimini egalladi. Uning nomi Norvegiya Bosh vaziri Yonas Gar Styore tomonidan e’lon qilingan yangi hukumat tarkibida qayd etilgan. Bu haqda NRK xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Norvegiya hukumatidagi o‘zgarishlar joriy yil yanvar oyi oxirida Markaziy partiyaning Mehnat partiyasi bilan kelishmovchiliklar tufayli koalitsiyadan chiqishini e’lon qilganidan keyin boshlangan. Bungacha Markaziy partiya yetakchisi Tryugve Vedum Moliya vaziri lavozimida edi. Endi esa uning o‘rnini Yens Stoltenberg egallaydi. Shu tariqa Norvegiya hukumati faqat Mehnat partiyasi vakillaridan iborat bo‘ldi va bu so‘nggi 25 yil ichida birinchi marta sodir bo‘lmoqda.
Kelishmovchiliklar tufayli parlamentni 20 vazirdan 8 nafari tark etgan. Stoltenbergdan tashqari hukumat tarkibiga quyidagi shaxslar kirdi: Nils Kristen Sandtreen – Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri, Kersti Stenseng – O‘z-o‘zini boshqarish va modernizatsiya vaziri, Lene Vogslid – Bolalar va oila ishlari vaziri, Tore Sandvik – Mudofaa vaziri, Sigrun Aasland – Fan va oliy ta’lim vaziri, Osmund Aukrust – Xalqaro rivojlanish vaziri va Astri Aas-Xensen Adliya va favqulodda vaziyatlar vaziri. Ularning barchasi Mehnat partiyasi a’zolari hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Stoltenberg ikkinchi marta Moliya vaziri bo‘ldi. U ilk bor 1996 yilda – Norvegiya Bosh vaziri Tubyorn Yagland bo‘lganida bu lavozimni egallagan.
Eslatib o‘tamiz, Yens Stoltenberg NATO Bosh kotibi lavozimini 2024 yil oktyabr oyida tark etgan edi. U ushbu lavozimda 10 yil ishlagan. Keyinroq uning g‘arbning maxfiy tashkiloti “Bilderberg klubi”ga rahbarlik qilishi aytilgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

