Millatlar ligasi pley-off bosqiçining barça iştirokçilari ma’lum böldi

Sport

−

image

Keça, 17 noyabr kuni Norvegiya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasi guruh bosqiçining söngi turida Daniyani 3:2 hisobida mağlubiyatga uçratdi. Şu tariqa, Norvegiya 2026-2027 yilgi Millatlar ligasi pley-off bosqiçiga yöl olgan sönggi jamoaga aylandi.

Fransiya, Belgiya, Germaniya, Niderlandiya, Angliya, Ispaniya, Portugaliya va Norvegiya terma jamoalari çempionlik uçun kuraş olib boradi.

Çorak final uçraşuvlari 2027 yil mart oyida bölib ötadi. Undagi juftliklar joriy yilning 20 noyabr kuni ötkaziladigan qur’a taşlaş marosimida aniqlanadi. Yarim final, uçinçi örin uçun bahs va final uçraşuvi esa kelasi yilning iyun oyiga belgilangan.

Ma’lumot uçun, Millatlar ligasi 2018-2019 yilgi mavsumdan buyon ötkazib kelinmoqda. Musobaqaning eng yuqori divizionidagi guruhlarda dastlabki ikki örinni egallagan jamoalar pley-off bosqiçiga yöl oladi. Musobaqaning amaldagi ğolibi – Portugaliya terma jamoasi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing