Norvegiya aviakompaniyasi bankrotlik xavfi tufayli barça reyslarni bekor qildi

Olam

−

visibility732 timer2 daqiqa

image

Norvegiyaning arzon aviaçiptalari bilan tanilgan Norse Atlantic aviakompaniyasi moliyaviy inqiroz sabab barça reyslarini vaqtinça bekor qildi. Kompaniya yaqin vaqt içida moliyalaştiriş masalasi hal etilmasa, bankrotlik e’lon qiliş niyatida ekanini bildirdi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, bugun, 26 noyabr kuni aviakompaniya barça reyslarini moliyaviy ahvoliga aniqlik kiritilguniga qadar töxtatgan. Kompaniya bayonotida qisqa muddat içida moliyaviy yordam topilmasa, direktorlar kengaşi bankrotlik töğrisida ariza berişni rejalaştirayotgani qayd etilgan. Şu bilan birga, muammoning ijobiy hal etilişiga kafolat yöqligi ta’kidlangan.

Norse Atlantic ayni paytda ehtimoliy sotib oliş va moliyalaştiriş yeçimi böyiça investorlar bilan muzokaralar olib bormoqda. Biroq kompaniya investorlar kimligi haqida ma’lumot bermagan.

Qayd etilişiça, aviakompaniyaning moliyaviy ahvoli keça, 25 noyabr kuni ham keskin yomonlaşgani haqida xabar berilgan. Bu uning aksiyalari qiymati 85 foizga tuşişiga sabab bölgan. Bugun, 26 noyabr kuni esa kompaniyaning bozor qiymati atigi 9,7 million dollarga baholangan.

2021 yilda taşkil etilgan Norse Atlantic uzoq masofali xalqaro parvozlarni amalga oşirişga ixtisoslaşgan. Aviakompaniya muammolarining kuçayişiga Yaqin Şarqdagi uruş ortidan aviatsiya yoqilğisi narxining keskin oşişi ham ta’sir körsatgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Fransiyaning Dassault Aviation kompaniyasi vodorod yoqilğisida harakatlanadigan samolyotlar işlab çiqiş böyiça tadqiqotlarni töxtatgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing