Turkiyaning arzon aviakompaniyasi Özbekistonga parvozlarni yölga qöyadi

Jamiyat

−

image

Turkiyaning Pegasus Airlines loukoster (arzon) aviakompaniyasi Özbekistonning Andijon, Buxoro va Termiz şaharlariga muntazam qatnovlarni yölga qöyişni rejalaştirmoqda. Bu haqda kompaniya saytidagi ma’lumotlardan köriş mumkin.

Kompaniyaning rasmiy saytida Özbekistonning Andijon, Buxoro va Termiz şaharlariga çiptalar xarid qiliş imkoniyati oçilgan. Xususan, Istanbul–Buxoro yönalişidagi dastlabki reys 14 dekabrga, Istanbul–Andijon reysi 18 dekabrga, Istanbul–Termiz qatnovi esa 2027 yil 1 martga belgilangan. 

Ma’lumotlarga köra, parvozlar Istanbulning Sabiha Gökçen aeroportidan amalga oşiriladi. Çipta narxi esa bir tomonga 87 yevro (hozirgi kurs böyiça taxminan 1 mln 165 ming söm) etib belgilangan.

Fuqaro aviatsiyasi agentligi reyestrida keltirilişiça, Pegasus Airlines joriy yilning 6 oktyabr kuni Özbekistonda yölovçi taşiş uçun 58-K-sonli ekspluatatsion ruxsatnomani olgan.

Ma’lumot uçun, Pegasus Airlines – Turkiyaning eng yirik arzon aviakompaniyalaridan biri bölib, boş qarorgohi Istanbul şahrida joylaşgan. 1990 yilda taşkil etilgan uşbu aviakompaniya 2005 yilda “ESAS Holding” tarkibiga ötgaç, arzon narxlarda parvozlarni amalga oşiriş modeliga töliq ötgan. Kompaniya özining asosiy xabi sifatida Istanbuldagi Sabiha Gökçen xalqaro aeroportidan foydalanadi va Yevropa, Yaqin Şarq hamda Osiyo böylab 130 dan ortiq yönalişlarda muntazam va çarter reyslarini amalga oşiradi. Pegasus Airlines Airbus A320neo va A321neo havo kemalaridan iborat samolyotlar parkiga ega.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing