Italiyada parvoz hasharotlar sababli bekor qilindi
Olam
−
11:48 325 1 daqiqa
Qantas aviakompaniyasiga tegishli samolyot bortidan hasharotlar topilgani sababli Rimdan Avstraliyaga uchishi rejalashtirgan parvoz bekor qilindi.Bu haqda “Tourprom” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 9 oktyabr kuni Pertdan Rimga uchayotgan Boeing 787 Dreamliner bortida sodir bo‘lgan. Parvoz paytida yo‘lovchilar chaqish va kuchli qichishish haqida shikoyat qila boshlagan.
Ularga alomatlarini yengillashtirish uchun antigistaminlar berilgan, ammo bortdagi dorilar tugab qolgan. Italiyaga yetib borganidan so‘ng, samolyot to‘liq dezinfeksiya qilish uchun vaqtincha foydalanishdan chiqarilgan. Rimdan Pertga qaytish reysi bekor qilingan.
“Biz yo‘lovchilardan Rim-Pert reysining bekor qilingani uchun chin dildan uzr so‘raymiz”, deydi kompaniya rasmiy munosabatda.
Bekor qilingan reysdagi yo‘lovchilarga turarjoy berilgan va ularning chiptalari 48 soat ichida boshqa reyslarga qayta bron qilingan.
“Bu bizning muhandislarimizga o‘rindiqlardagi boshqa muammolarni ham hal qilish imkonini berdi”, deb aytgan aviakompaniya vakili.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 oktyabr kuni Nigeriyada Nayrobi–Lagos yo‘nalishida uchayotgan samolyot yo‘lovchisi parvoz vaqtida ekipaj a’zolariga qarshilik ko‘rsatib, kabina va samolyot eshigini ochishga uringanidan so‘ng vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Jo‘rayev Shahriyor
Live
Barchasi