Zelenskiy aviakompaniyalarni Rossiya osmonida uchishdan keskin ogohlantirdi
Olam
−
13:25 2000 2 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy aviakompaniyalarni Rossiya osmoni “xavfli bo‘lib borayotgani”dan ogohlantirdi. Bu haqda u bugun, 2 sentyabr kuni o‘zining Telegram-kanalida yozdi.
“Bugun biz Rossiya havo hududidan foydalanayotgan har bir aviakompaniyani, har bir sug‘urtachini, Rossiyaning asosiy aeroportlaridan haligacha foydalanayotganlarning barchasini ogohlantirmoqchimiz: Rossiya osmoni to‘liq xavfli bo‘lib bormoqda. Ukraina fuqarolik aviatsiyasining o‘ziga – hech bir fuqarolik samolyotiga tahdid solmaydi. Shunchaki Rossiya osmonida dronlar shunchalik ko‘p bo‘ladiki, buni hisobga olish shart. Rossiya rasmiylari bu haqda tegishlicha xabar bermayotgan bo‘lsa-da, Rossiya osmoni de-fakto yopiladi: Rossiya tomonidan boshlangan urush uning osmonini yopmoqda”, deb yozdi Zelenskiy.
Prezidentning aytishicha, u Ukrainada begunoh insonlar hayotdan ko‘z yumishini xohlamaydi.
“Shuning uchun sheriklarimizni ogohlantiramiz: Rossiya osmonida xavfsiz lahzalar tugadi. Buni shu yerda, Ukrainada ishlayotgan davlatlar elchilari va Moskvada ishlayotgan elchilar eshitishi muhim. Ularning har biri Rossiya urushi mamlakatimiz, odamlarimiz uchun nimani anglatishini aniq biladi va bu ma’lumotni o‘z poytaxtlariga yetkazishi kerak. Buni hozirda birinchi navbatda Moskva, Peterburg va boshqa asosiy Rossiya yo‘nalishlari aeroportlariga uchayotgan tegishli aviakompaniyalar eshitishi muhim. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi va tegishli Ukraina idoralari xalqaro tuzilmalarga Rossiya osmonidagi xavf-xatarlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot beradi. Dronlar orasida fuqarolik aviatsiyasiga o‘rin yo‘q”, deb yozdi Zelenskiy Telegram’da.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Rossiyaga kuniga 1000 ta dron uchirishni buyurgani haqida xabar berilgan edi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Ukraina Rossiyaga kuniga o‘rtacha 300 ta dron bilan hujum qilmoqda va bu yetarli emas.
Live
Barchasi