Norvegiyada vikinglarning sönggi 100 yildagi eng yirik xazinasi topildi
Olam
−
09:16 1326 2 daqiqa
Norvegiyaning şarqidagi Rena şahri yaqinida qariyb ming yil avval yerga kömilgan 5 500 dan ortiq kumuş tanga topildi. Bu sönggi 100 yil içida mamlakatda aniqlangan eng yirik vikinglar xazinasi hisoblanadi. Bu haqda “Science Mail“ xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, xazinani havaskor xazina izlovçilar Rune Setre va Vegard Setre aprel oyida metall qidiriş moslamasi yordamida aniqlagan. Ular dastlab 19 ta tanga topib, bu haqda darhol tegişli idoralarga xabar bergan. Keyinçalik arxeologlar qaziş işlarini boşlagan va yana minglab tangalarni topgan. Hosil yiğib olingaç, qidiruv işlari davom ettirilgan va topilgan tangalar soni 5 mingdan oşgan.
Topilmalar orasida Norvegiya qiroli Olaf Xaraldssonning, ya’ni Muqaddas Olaf nomi bilan tanilgan hukmdorning noyob tangasi ham bor. Hozirgaça bunday tangalardan taxminan 20 tasi ma’lum bölib, ularning aksariyati Norvegiyadan taşqarida topilgan. Tanganing bir tomonida qirol tasvirlangan bölsa, ikkinçi tomonida xristiança yozuv tuşirilgan xoç aks etgan.
Tadqiqotçilar xazina taxminan 1046–1047-yillarda, Şafqatsiz Xarald nomi bilan tanilgan qirol hukmronligining boşida yaşirilgan deb hisoblaydi. Tangalar orasida Angliya, Germaniya va boşqa Yevropa davlatlarida zarb qilingan pullar ham mavjud. Ular öşa davrda mintaqaning Yevropaning katta qismi bilan savdo aloqalari bölganini körsatadi.
Olimlar tangalarni örganiş orqali vikinglar davridagi iqtisodiyot va savdo-sotiq haqida köproq ma’lumot olişni umid qilmoqda. Xazinaning dastlabki namunalari joriy yilning 20 noyabridan Oslo tarix muzeyida namoyiş etiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Misrning Nil deltasi hududidagi qişloqda qariyb 3 ming yil davomida yer ostida qolib ketgan ikkita ulkan fir’avn haykalining qoldiqlari topilgan edi.
Live
Barchasi27 Oktyabr