Ryutte NATO Bosh kotibi bo‘ldi (video)

Olam

image

Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri Mark Ryutte rasman Yens Stoltenberg o‘rniga NATO Bosh kotibi lavozimini egalladi. Marosim Bryusselda, alyans shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tdi.

“Bloomberg” yozganidek, Ryutte qiyin vaziyatlarda qanday kurashishni biladi va buning uchun zarur aloqalarga ega. U Donald Tramp bilan samarali muloqot qila oladigan shaxs sifatida ham tanilgan, bu esa, ayniqsa, agar u AQSH prezidentligiga qayta saylansa, foydali bo‘ladi. Aynan Ryutte 2018 yilda Trampni AQSHning alyansdan chiqishi mumkinligi haqidagi bayonoti Yevropa ittifoqchilarini mudofaa xarajatlarini oshirishga undashiga ishontirgan edi.

Ryutte NATOning yangi Bosh kotibi bo‘lishi iyun oyi oxirida ma’lum bo‘ldi. Uning nomzodini alyansga kiruvchi 32 davlatning barchasi qo‘llab-quvvatladi. Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban dastlab Ryutte nomzodini tasdiqlashdan bosh tortdi. Natijada Niderlandiya Bosh vaziri Vengriya NATOning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faoliyatida ishtirok etishdan bosh tortishi mumkinligiga va’da berdi. Alyans raisligi uchun yana bir da’vogar Ruminiya Prezidenti Klaus Yoxannis edi, biroq u keyinroq o‘z nomzodini qaytarib oldi.

Ma’lumot uchun, Mark Ryutte 57 yoshda. U 2010 yil oktyabr oyidan beri Niderlandiya hukumatini boshqarib kelayotgandi. 2023 yilgacha u o‘ng qanot liberal partiya yetakchisi bo‘lgan. 2023 yilda Bosh vazir o‘z hukumati iste’foga chiqishini e’lon qildi, chunki koalitsiya migratsiya kuchayishi masalasida kelisha olmadi. Uning hukumati yangi Vazirlar Mahkamasi tayinlanmaguncha o‘z majburiyatlarini bajaradi.

Yens Stoltenberg 65 yoshda va 2014 yildan beri NATOni boshqarib keladi. Uning ikki to‘rt yillik vakolatlari 2022 yil oktyabr oyida tugadi, biroq ittifoqchilar Rossiya-Ukraina mojarosi tufayli ikki marta uning vakolatini uzaytirdi. Stoltenberg NATO Bosh kotibi etib tayinlanishidan oldin Norvegiya bosh vaziri bo‘lgan va federal hukumatda boshqa lavozimlarda ham ishlagan. Sotsial-demokratik mehnat partiyasini boshqargan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Yens Stoltenberg Mark Ryutte

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made