Ukraina sulh uchun vaqtinchalik hududiy yon berishi mumkin – Stoltenbrg
Olam
−
03 dekabr 2024
4108NATOning sobiq bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukrainaga urushni tezroq tugatish va sulh uchun vaqtinchalik hududiy yon berishni taklif qildi. Bu haqda u “Tagesschau” nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Ma’lum qilinishicha, Ukraina urush harakatlarini tezroq to‘xtatish va alyansga taklif olish maqsadida Rossiyaga vaqtinchalik hududiy yon berishga rozi bo‘lishi mumkin.
Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb va Kiyev uchun o‘t ochishni to‘xtatish chizig‘i zarur. Bu chiziq yetarli darajada 1991 yildagi vaziyatga nisbatan Ukrainaning butun hududini qamrab olishi kerak, biroq yaqin kelajakda buning amalga oshish imkoniyati past.
“Agar o‘t ochishni to‘xtatish chizig‘i Rossiya tomonidan bosib olingan barcha hududlarni nazorat qilishni davom ettirishni anglatsa ham, mazkur holat Ukrainaning o‘z hududlaridan abadiy voz kechishi kerak degani emas”, deya ta’kidlagan Stoltenberg.
NATOning sobiq bosh kotibi Ukraina joriy front chizig‘i bo‘yicha sulh va xavfsizlik kafolatlari evaziga hududlarning bir qismini “vaqtinchalik boshqaga berishi” mumkinligini taxmin qilgan. Bunday kafolatlar turli xil qo‘llab-quvvatlash choralarini, shu jumladan NATOga a’zo bo‘lishni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning NATOga a’zo bo‘lishi uchun Rossiya bilan urushni to‘xtatishga tayyor ekanini bildirgandi. Shuningdek, u Rossiya harbiylari tomonidan bosib olingan hududlarni qaytarib olish uchun Ukraina armiyasining kuchi yetmasligini aytgandi. Zelenskiy Rossiya bilan urushni erta tugatishni va Kiyevning NATOga a’zoligi aniq bo‘lgandan keyin diplomatiya orqali o‘z hududining bir qismini Rossiyadan qaytarishni istayotganini ma’lum qilgandi.
Mohinur Karimova
LiveBarchasi