Shoygu Ukrainadagi qo‘shinlarga hujumni kuchaytirishni buyurdi
Olam
−
16 iyul 2022
15109Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainadagi harbiy amaliyotlar doirasidagi vazifalarni bajarayotgan rus qo‘shinlarining “Janub” va “Markaz” guruhlarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, vazir “Janubiy” armiya qo‘mondoni general Sergey Surovikin va “Markaz” qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin hamda boshqa qo‘mondonlarning hisobotlarini tinglagan. Ular “hozirgi vaziyat, ukrain bo‘linmalari harakatlarining mohiyati va Rossiya qurolli kuchlarining jangovar topshiriqlarni bajarishdagi muvaffaqiyati” haqida ma’ruza qilgan.
“Tinglash yakunida Rossiya harbiy departamenti rahbari Kiyev rejimining Donbass va boshqa hududlardagi aholi punktlari va fuqarolik infratuzilmasiga yirik raketa va artilleriya zarbalari berish ehtimolini yo‘q qilish maqsadida barcha operativ hududlarda guruhlarning harakatlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Vazirlik tekshiruv qayerda o‘tkazilgani haqida ma’lumot bermagan, faqat Shoygu harbiylarning hisobotlarini “qo‘mondonlik punktida” eshitganini ta’kidlagan. Mudofaa vazirligi e’lon qilgan videoda vazirning yonida Bosh shtab Bosh operativ boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rudskoy o‘tirgani ko‘rinadi.
Shoygu shuningdek, Lapin va Lugansk Xalq Respublikasi xalq militsiyasi 2-armiya korpusi qo‘mondoni, general-mayor Esedulla Abachevga Rossiya Federatsiyasi Qahramonining “Oltin Yulduz” medalini topshirgan. Prezident Vladimir Putin 4 iyul kuni ularga general unvonini bergandi.
“Markaz” va “Janubiy” qo‘shinlari guruhlari yaqin vaqtgacha Ukrainaning Lugansk viloyatida vazifalarni bajargan. Xususan, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining xabar berishicha, iyun oyi oxirida harbiylar “Markaz” tarkibida Ukraina armiyasining mudofaasini yorib o‘tib, o‘sha paytda Kiyev nazoratidagi so‘nggi nazoratidagi yirik shahar bo‘lib qolgan Lisichanskni blokadaga olgan.
Eslatib o‘tamiz, 4 iyul kuni Shoygu Putin bilan uchrashuvda Ukrainadagi urushning borishi bo‘yicha hisob berib, Lugans viloyati egallanganini ma’lum qilgandi.
Rossiya-Ukraina urushi
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.
Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.
Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.
Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.
Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15