Rus qo‘shinlari Nikolayevga “Smerch” bilan zarba berdi (video)

Olam

image

Bugun, 7 mart kuni erta tongda Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Nikolayev shahriga RSZO (birvarakayiga hujum qiluvchi reaktiv tizim) bilan hujum uyushtirdi. Bu haqda UNIAN xabar bermoqda.

Hujum haqida Kiyev vaqti bilan taxminan 5:15 dan xabar qilingan.

“Nikolayevga yalpi raketa tizimlari bilan zarba berildi”, deyiladi xabarda. Soat 05:40 holatiga ko‘ra, Nikolayevda dushman hujumi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Nikolayev aholisining xabar berishicha, portlashlar shaharning barcha tumanlarida va go‘yoki birdaniga ikki yo‘nalishda eshitilmoqda, deb xabar bermoqda “Ukraina 24”.

Aholi ayrim hududlarda elektr energiyasi o‘chib qolgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda ham yozmoqda. Shaharda Lifecell operatorining aloqasi ham yo‘qolgan. Katta ehtimol bilan, zarbalardan biri operator minorasiga tushgan.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, ruslar tunda “Smerch” RSZOdan Nikolayev turar-joylarini o‘qqa tutgan. Bu haqda “Ukraina 24” efirida IIV rahbari maslahatchisi Vadim Denisenko ma’lum qildi.

Avvalroq Nikolayev raisi Aleksandr Senkevich shaharga dubulg‘a va zirhlar zarurligini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rus bosqinchilari shaharni har tomondan o‘rab olishgan, hozir esa mahalliy hokimiyatlar blokada bo‘lgan taqdirda odamlarga tarqatish uchun zaxira to‘plamoqda.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

86

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing