Rossiyaning Donetskga hujumi o‘z askarlarini surbetlarcha o‘ldirishdir – Zelenskiy

Olam

image

Rossiyaning Ukrainaning Donetsk viloyatiga hujumlari urushlar tarixiga o‘z askarlarini surbetlarcha o‘ldirish sifatida kiradi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 26 sentyabr kuni an’anaviy videomurojaatida aytib o‘tdi.

“Urushning Rossiya uchun bema’niligi va bosqinchilar tashabbusni yo‘qotganiga qaramay, rus armiyasi qo‘mondonligi ularni hali ham o‘limga yuboryapti. Rossiyaning Donetsk viloyatiga doimiy hujum qilishga urinishlari, shubhasiz, urushlar tarixiga o‘z askarlarini eng beadablik bilan o‘ldirish biri sifatida kiradi”, deydi davlat rahbari.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, u bunday hujumlarni ko‘rib, “Rossiya safarbarligi frontdagi qo‘mondonlarga doimiy askarlar oqiminigina berishga ochiq urinish ekanligiga yana bir bor isbotlaydi.

“Ular yutqazishyoatganini his qilishyapti va shunchaki bu lahzani cho‘zishga urinyapti, frontda hech bo‘lmaganda qandaydir faollikni ta’minlashga, o‘lganlar o‘rniga hech bo‘lmaganda qo‘llarida qurolli odamni qo‘yishga harakat qilmoqdalar”, deydi Prezident.

Ukraina rahbarining ta’kidlashicha, afsuski, “Rossiya jamiyati hali Rossiya hukumatining o‘z xalqiga nisbatan shafqatsizligidan xabardor emas”.

“Ammo biz Rossiyaning har bir fuqarosi o‘z davlati uni eng muhim narsa – yashash huquqidan mahrum qilayotganini tan olishi uchun hamma narsani qilishimiz kerak”, deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Rossiyada safarbarlik boshlandi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, rezervda bo‘lgan va tegishli harbiy mutaxassislik va jangovar tajribaga ega fuqarolar muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

Hukumat portalida 35 yoshgacha bo‘lgan oddiy askar va serjantlar, 50 yoshgacha bo‘lgan kichik ofitserlar, 55 yoshgacha bo‘lgan katta ofitserlar birinchi navbatda safarbar qilinishi aytilgan. Safarbarlik ortidan rossiyaliklar ommaviy ravishda vatanini tashlab, xorijiy davlatlarga chiqib ketishni boshladi.

Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, safarbarlik doirasida 300 ming kishini armiyaga olish rejalashtirilgan. Shuningdek, Rossiya oxirgi 10 yilda fuqarolikka qabul qilingan markaziy osiyoliklarni ham harbiy xizmatga jalb qilmoqchi ekani haqida xabar bergan edik.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing