Rossiya izolyatsiyalanadimi?

Olam

image

Ukrainadagi voqealar munosabati bilan Rossiyani to‘liq izolyatsiya qilish haqida gapirish mumkin emas, chunki AQSH va uning ittifoqchilari butun dunyo degani emas. Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov shunday fikr bildirdi.

Peskov jurnalistlarning Rossiya yakkalangan holatda o‘zini qanday his qilyapti, degan savolga javoban mamlakat izolyatsiyalanmaganini aytdi.

Bu Rossiyaning yakkalanishini anglatmaydi (AQSH va boshqa bir qator davlatlar tomonidan ko‘rilgan cheklovchi choralar – tahr.). Yevropa va Amerika uchun har qanday davlatni, ayniqsa, Rossiyadek katta davlatni izolyatsiya qilish dunyo uchun juda katta.

Kreml matbuot kotibining ta’kidlashicha, dunyoda xalqaro munosabatlarning rivojlanish dinamikasiga nisbatan ancha muvozanatli, ba’zan oqilonaroq munosabatda bo‘lgan yana ko‘plab davlatlar bor.

“Shuning uchun biz izolyatsiya haqida gapirmaslikni afzal ko‘ramiz va biz gaplashmasligimiz kerakligiga aminmiz. Umid qilamizki, bizning pozitsiyamiz ertami-kechmi o‘sha davlatlar tomonidan tan olinadi – bular ham Yevropa Ittifoqi davlatlari, ham NATO davlatlari, ular hozir shunday haddan tashqari emotsional pozitsiyani egallab, juda ko‘p aniq narsalarni tushunishdan bosh tortmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan Peskov.

Peskov jurnalistlarning Rossiya hozirgi vaziyatda AQSH bilan aloqalari bormi degan savoliga: “AQSH bilan muloqotning ma’lum kanallari bor”, deb javob bergan.

Shu bilan birga, Kreml matbuot kotibining ta’kidlashicha, “albatta, bir qator davlatlar - Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada, Yaponiya va boshqa davlatlar tomonidan munosabatlardan voz kechish, iqtisodiy aloqalarni cheklash va muayyan taqiq choralarini kiritish holatlari mavjud.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

96

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing