Rossiyada politsiyachilarga har qanday dronni urib tushirish huquqi berildi

Olam

image

Rossiya Davlat Dumasi deputatlari politsiyachilarga har qanday dronni urib tushirish huquqini beruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, hujjatni Davlat Dumasining axborot siyosati bo‘yicha qo‘mitasi raisi Aleksandr Xinshteyn hamda Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘mita rahbari Vasiliy Piskarev boshchiligidagi guruh parlament quyi palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritgan. Bungacha mamlakatning amaldagi qonunlari bo‘yicha politsiya xodimlariga faqat havo dronlarini urib tushirish huquqi berilgan. 

Yangi qonun loyihasi Rossiya Ichki ishlar vazirligi, FSB, Rosgvardiya, FSO, SVR, FSIN va GUSPga dronlarning havoda, suvda va yerda harakatlanishini to‘xtatish huquqini beradi. Uchuvchisiz qurilmalarni yo‘q qilish uchun dronlar harakatini to‘xtatish va ularni masofadan boshqaruvchi signallarni uzish kerakligi qayd etilgan. 

Avvalroq Sankt-Peterburg politsiyasi osmonni nazorat qiluvchi maxsus bo‘lim tashkil qilgan bo‘lib, uning vazifasi dronlarga qarshi kurashishdan iborat. 

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda dronlarga nisbatan nazoratning kuchayishi va ehtiyotkorlikning ortishiga Kremlga qilingan dron hujumi sabab bo‘ldi. Qizil maydonda G‘alaba paradi o‘tkazilishiga bir necha kun qolgan va unga tayyorgarlik qizg‘in ketayotgan bir paytda Rossiyaning eng qattiq qo‘riqlanuvchi nuqtasi – Prezident qarorgohiga bir necha bosqichdan iborat qudratli havo hujumidan mudofaa tizimiga chap bera olgan dron hujum qilgandi. Rossiya hujum ortida AQSH turganini iddao qilgan bo‘lsada, mamlakat bunday da’volarni tan olmagan. Bundan tashqari, Rossiyaning Ukrainaga chegaradosh viloyatlari va hatto undan ancha ichkari hududlarga ham tez-tez dron hujumlari uyushtirib turilishi odatiy holga aylanib qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing