Putinning qarorgohiga hujum uyushtirildi (video)
Olam
−
03 may 2023 34895 1 daqiqa
Vladimir Putinning qarorgohi – Kremlga shu yilning 3 mayga o‘tar kechasi dronlar orqali hujum uyushtirildi. Rossiya bu ishda Kiyevning qo‘li borligini aytmoqda. Bu bo‘yicha Rossiya Prezidenti ma’muriyati xabar berdi.
“Ikkita uchuvchisiz uchish apparati Kremlga qaratildi. Harbiylar va maxsus xizmatlarning radar jangovar tizimlaridan foydalangan holda o‘z vaqtida qurilmalar zararsizlantirildi”, deyilgan xabarda.
Ma’lum qilinishicha, hujum oqibatida Vladimir Putin jabrlanmagan va uning ish tartibi o‘zgarmagan. Shuningdek, Kreml hududiga dronning bo‘laklari qulashi oqibatida ham hech kim jarohat olmagan.
Rossiya tomoni bu harakatlarni G‘alaba kuni va 9-may paradi arafasida Prezidentga suiqasd sifatida baholadi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 1 may kuni Rossiyaning Bryansk viloyatining Unecha tumanidan o‘tgan temir yo‘l portlatilgan edi. Portlash oqibatida yuk poyezdining lokomotivi relsdan chiqib ketgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr