Rossiya Kremlga qilingan dron hujumi ortida AQSH turganini iddao qilmoqda
Olam
−
04 may 2023
9149Rossiya Kremlga qilingan dron hujumining ortida AQSH turganini da’vo qilyapti. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan brifingda Vashington o‘zi belgilagan vazifalar Ukraina tomonidan bajarilayotganidan Kremlning xabari borligini bilishi kerakligini ta’kidlagan. Biroq u dron hujumida AQSHning qo‘li borligiga birorta dalil keltirmagan.
Ukraina ham hujumni amalga oshirgani haqidagi da’volarni rad etgan. Kreml hujumga javob qaytarish huquqini saqlab qolganini ma’lum qilgan, ammo uning javobi qanday shaklda bo‘lishini ochiqlamagan.
Peskovning aytishicha, Rossiyada javob berishning bir necha variantlari bor va javob berishga to‘g‘ri kelganda bu diqqat bilan ko‘rib chiqiladi. U hozirda holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotganini, lekin uning natijalari qachon e’lon qilinishini aytolmasligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 3 may kuni bir necha ommaviy axborot vositalarida, go‘yoki, kecha tunda Rossiya Ukrainaga qarshi ilk bor yadro qurolini ishlatishi mumkinligi haqidagi xabar tarqalgandi. Biroq xabar o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q.
LiveBarchasi