AQŞ Rossiyadan Yevropa bilan yangi xavfsizlik kelişuvi böyiça taklif kiritişni söradi
Olam
−
10:05 401 2 daqiqa
AQŞ maxsus vakillari Rossiyadan Yevropa bilan kelajakdagi xavfsizlik kelişuvi böyiça yangi taklif tayyorlaşni söradi. Unda Moskvaning xavfsizlik borasidagi talablari va xavotirlari, şuningdek, Yevropa bilan munosabatlardagi keskinlikni kamaytiriş uçun qanday çoralar körişga tayyorligi aks etişi kerak. Bu haqda manbalariga tayanib, “Axios” xabar berdi.
Manbalarga köra, AQŞ Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Donald Trampning kuyovi Jared Kuşner joriy yilning 10–11-noyabr kunlari Abu-Dabida ötgan Rossiya, Ukraina va AQŞ örtasidagi muzokaralarda bu taklifni ilgari surgan.
Vaşington Moskvadan xavfsizlik sohasidagi xavotirlari va talablarini bayon etiş bilan birga, Rossiya keskinlikni pasaytiriş hamda Yevropaga hujum qilmaslik kafolatlarini beriş uçun qanday “simmetrik qadamlar” taşlaşga tayyorligini ham körsatişni söragan.
Oq uy pozitsiyasidan xabardor manbaning aytişiça, Tramp ma’muriyati Yevropada yangi xavfsizlik tizimini yaratiş va Rossiya-Ukraina tinçlik kelişuvi böyiça muzokaralarni bir vaqtda olib borişni istamoqda. Biroq xavfsizlik böyiça kelişuvlarni amalga oşiriş Ukrainadagi uruşni töxtatiş haqidagi bitim tuzilganidan keyingina boşlanadi.
Manba Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy xavfsizlik kafolatlari masalasiga aniqlik kiritilmagunça kelişuvga rozi bölmasligini, Rossiya rahbari Vladimir Putin ham bu masala böyiça keyingi jarayon qanday keçişini bilişni istaşini bildirgan.
Şuningdek, AQŞ Yevropa va Ukrainaning roziligisiz Rossiya bilan xavfsizlik kelişuvini tuzmasligi, Moskvaning Yevropadagi xavfsizlik masalalariga oid qarorlar ustidan veto huquqiga ega bölişiga yöl qöymasligi aytilgan.
Abu-Dabidagi muzokaralar yakunida Jared Kuşner Stiv Uitkoff bilan Moskvaga borişini ma’lum qilgan. Rossiya Prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakovning aytişiça, AQŞ vakillari bugun, 12 noyabr kuni Moskvaga boradi va Vladimir Putin bilan kunning birinçi yarmida uçraşadi.
Eslatib ötamiz, keça, 11 noyabr kuni Abu-Dabida Ukraina uruşiga barham beriş böyiça Rossiya, AQŞ va Ukraina örtasidagi uç tomonlama muzokaralarning ikkinçi kuni yakunlangan edi. Uçraşuv qariyb ikki soat davom etgan, şuningdek, muzokaralar töliq yopiq formatda ötgan.
Live
Barchasi