Gvardiola AQŞ terma jamoasi boş murabbiyi bölişi mumkin

Sport

−

image

AQŞ futbol federatsiyasi argentinalik Maurisio Poçettino ketgan taqdirda ispaniyalik Xosep Gvardiolani milliy terma jamoa boş murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod sifatida körmoqda. Bu haqda “The Athletic” naşri xabar berdi.

Avvalroq, insayder Fabritsio Romano Poçettino Angliyaning “Mançester Yunayted” klubida Maykl Kerrikning örnini egallaşiga yaqin ekanligini ma’lum qilgandi.

Manbaga köra, Gvardiola avvalroq ham AQŞ futbol federatsiyasi bilan muzokaralar olib borgan va uzoq vaqtdan beri Amerikada işlaş imkoniyatiga qiziqib kelgan. Biroq kelişuvga erişiş oson bölmasligi ta’kidlanmoqda. Sababi, ispaniyalik mutaxassis hozirda “Mançester Siti”dan ketganidan keyin murabbiylikka qaytişga şoşilmayapti.

Ma’lumot uçun, 54 yoşli Poçettino 2024 yildan buyon AQŞ terma jamoasini boşqarib kelmoqda. Uning qöl ostida jamoa öz maydonida ötkazilgan 2026 yilgi Jahon çempionatida 1/8 finalga qadar yetib bordi va musobaqada uçta ğalabaga erişib, terma jamoa uçun rekord natija qayd etdi.

55 yoşli Gvardiola esa 2016 yildan 2026 yilgaça “Mançester Siti”ni boşqardi. Uning rahbarligida jamoa Çempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va FIFA klublar örtasidagi Jahon çempionatida, şuningdek, Angliya çempionatida 6 marta, Angliya kubogida 3 marta, Superkubokda 3 marta va Liga kubogida 5 marta ğolib böldi.

Şuningdek, Gvardiola faoliyati davomida “Barselona” va “Bavariya” klublarini ham boşqargan.

Eslatib ötamiz, avvalroq “Mançester Yunayted” Maurisio Poçettino jamoa boşqaruviga olib keliş uçun AQŞga 10 million dollarlik tovon pulini tölaşi kerakligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing