MYU Poçettino bilan prinsipial şartlar böyiça kelişib oldi – Romano
Sport
−
10:18 274 1 daqiqa
“Mançester Yunayted” argentinalik Maurisio Poçettino bilan boş murabbiy etib tayinlanişining asosiy şartlari böyiça oğzaki kelişuvga erişdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmoğida xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilişiça, ayni paytda AQŞ futbol federatsiyasi bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Xabarlarga köra, klub Poçettinoning 10 million dollarlik tovon pulini tölaş imkoniyatidan foydalanişni rejalaştirmoqda. Endi rasmiy qadamlar taşlanişi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga köra, “Mançester Yunayted” rahbariyati keça, 11 noyabr kuni Monakoda yiğiliş ötkazgan edi. OAV ma’lumotlariga köra, uşbu yiğilişda amaldagi boş murabbiy Maykl Kerrikning kelajagi hal qilingan.
Ma’lumot uçun, Poçettino Angliya Premer-ligasida avval “Sautgempton”, “Çelsi” va “Tottenxem” klublarini boşqargan. U “Tottenxem” bilan 2019 yilda Çempionlar ligasi finaliga qadar yetib borgan.
Ayni damda “Mançester Yunayted” Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 18-örinda bormoqda. Jamoa joriy mavsumdagi dastlabki 10 ta uçraşuvning faqat bittasida ğalaba qozongan.
Live
Barchasi