AQŞ terma jamoasi U-17 Jahon çempionatiga bormaydigan böldi

Sport

−

image

AQŞ futbol federatsiyasi xavfsizlik nuqtai nazaridan öz terma jamoasini Qatarda bölib ötadigan U-17 Jahon çempionatidan çetlatdi. Bu haqda federatsiya vakillari ESPN naşriga ma’lum qildi.

48 ta jamoa iştirok etişi rejalaştirilgan musobaqa joriy yilning 19 noyabr kuni boşlanadi. Amerikalik futbolçilar ilk uçraşuvni 21 noyabr kuni Çernogoriyaga qarşi ötkazişlari kerak edi.

Mamlakat futbol federatsiyasi musobaqada iştirok etişi kerak bölgan futbolçilarga yuborgan maktubida AQŞ Davlat departamenti fuqarolarga “qurolli mojaro xavfi tufayli Qatarga sayohat qiliş rejalarini qayta körib çiqiş” böyiça tavsiya berganini ma’lum qilgan. Şuningdek, maktubda husiylarning Saudiya Arabistonidagi nişonlarga hujumlari ham tilga olingan.

Ma’lumot uçun, 2025 yildan boşlab U-17 Jahon çempionatini har yili ötkaziş belgilangan. Şuningdek, 2024 yilda FIFA Qatar 2029 yilgaça uşbu musobaqaga mezbonlik qilişini e’lon qilgan edi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Sergey Çigodayev boşçiligidagi Özbekiston U-17 terma jamoasi U-17 Jahon çempionatini uçun tarkibi e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing