Kremlga hujum ortidan Rossiyada dronlar bilan kurashish politsiyasi paydo bo‘ldi 

Olam

image

Kremlga bo‘lgan dron hujumi ortidan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida dronlar bilan kurashish politsiyasi yaratildi. Politsiya snayper miltiqlari, karabinlar va dronlar bilan qurollangan holda 9-may kuni ilk marta ko‘rinish bergan. Bu haqda RBK xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Dronlar bilan kurashish bo‘yicha xavfsizlik kuchlarining ishi 9-may kuni boshlangan. Ular G‘alaba paradi paytida ham shahar markazidagi binolar tomlarida navbatchilik qilishgan.

"Sankt-Peterburg politsiyasida ommaviy tadbirlar vaqtida havoda xavfsizlikni ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan maxsus bo‘lim tashkil etildi", deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, xodimlar snayper miltiqlari va karabinlar bilan qurollangan guruhlardan iborat bo‘lib, asosan, dron operatorlarini hibsga olish bilan shug‘ullanishadi. 

9 may kuni shahar markazidagi binolarning tomlariga besh juft snayper va uchuvchisiz elektromagnit qurollarga ega ikkita guruh o‘rnatilgan. Bir nechta yer usti postlari qo‘shimcha kuzatuvni ta’minlab, mobil guruhlar ko‘chalarda dron operatorlarini aniqlash uchun patrul qilgan.

“Bo‘linmaning boshqa huquq-tartibot idoralaridagi hamkasblari ko‘magida olib borilgan ishlar natijasida bayram kunlarida noxush holatlar kuzatilmadi”, deya xulosa qilingan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 may kuni Moskva Kiyevni Vladimir Putinning Kremldagi qarorgohiga dronlar yordamida hujum qilishga uringanlikda ayblagandi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy voqeaga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etdi


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' dron Kremlga hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing