Rossiya aeroportlari 9 oyda dronlar sababli qariyb 3 ming marta yopildi – “Forbes”

Olam

−

image

Joriy yilning yanvar–avgust oylarida Rossiya fuqarolik aeroportlari uçuvçisiz uçiş apparatlari xavfi munosabati bilan çeklovlar kiritilişi sababli 2860 marta yopilgan. Bu haqda “Rosaviatsiya” hisobotlariga tayanib, “Forbes” xabar qildi.  

Qayd etilişiça, bu bir yil oldingi körsatkiçdan 4,5 baravar köp. Öşanda ob-havo şaroiti sababli kiritilgan çeklovlarni hisobga olmaganda “kovyor” (gilam) rejimi 643 marta e’lon qilingan. 2025 yilning sakkiz oyi davomida zaxira aerodromlariga 1174 ta reys qayta yönaltirilgan bölsa, “Rosaviatsiya”bu yilgi körsatkiç qançaligi haqida xabar bermagan. “Forbes” ma’lumotlariga köra, qayta yönaltirilgan samolyotlar soni taxminan 4 baravarga oşgan bölişi mumkin.

“RunAvia” kompaniyasi boş direktori Andrey Patrakovning baholaşiça, 2026 yilning yanvar oyidan sentyabr oyigaça zaxira aeroportlariga yönaltirişlar soni 4000–5000 tagaça oşgan bölişi mumkin. Bu yil dronlar sababli amal qilgan çeklovlarning umumiy davomiyligi ham 4,1 baravarga uzaaygan. 

Patrakovningsözlariga köra, uzilişlar uzoqroq davom etmoqda va reyslar endi qayta yönaltirilişdan köra, bevosita aeroportning özidayoq uşlab turilibdi yoki bekor qilinmoqda. Endilikda Rossiyaning Yevropa qismiga qaraganda soatiga parvozlar soni kamroq bölgan Ural va Ğarbiy Sibirdagi havo bandargohlari ham yopila boşlangan. “Forbes” bahosiga köra, bu yil “kovyor” rejimlaridan aviakompaniyalarning körgan zarari 200 milliard rubldan oşişi mumkin.

Masalan, 2026 yilda bitta örtaça reys boşqa aeroportga qayta yönaltirilganda, unga sarflanadigan xarajatlar taxminan 1,1–2,1 million rublni taşkil etadi va buning qariyb yarmi yonilğiga ketadi. Vaholanki, ötgan yili bu körsatkiç 0,9–1,7 million rublni taşkil etgan. Patrakovning sözlariga köra, agar havo bandargohining yopilişi çözilib ketsa, bunga yölovçilarni mehmonxonaga joylaştiriş va ekipajni almaştiriş xarajatlari qöşiladi, töğridan töğri çiqimlar esa 1,9–3,4 million rublgaça ortib ketadi.

“Agar bunga aeroport xizmatlari, ekipaj iş haqi va olinmay qolgan daromadni qöşadigan bölsak, 2026 yilning töqqiz oyi davomida aviakompaniyalar 175 milliarddan 275 milliard rublgaça zarar körgan bölişi mumkin. Gap jabr körgan 24 000 ta reys haqida bormoqda, ulardan 13 000 tasi uşlab turilgan, 11 000 tasi esa bekor qilingan”, deydi Patrakov.

Oktyabr oyida Ukraina dronlari sababli Rossiyaning eng yirik aviatsiya tuguni – Moskva aviatugunida kamida beş marta kollaps yuzaga kelgan. Joriy yilning 23 oktyabr kuni kunduzi törttala havo bandargohi – Vnukovo, Domodedovo, Şeremetevo va Jukovskiy yopib qöyilgan. Öşa kuni 340 dan ortiq reys keçiktirilgan yoki bekor qilingan, 24 oktyabr kuni esa yana 200 dan ortiq parvoz jadvali buzilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning samolyoti Turkmanistondan qaytişda Ukraina dronlarining hujumlari sababli Moskvaga qöna olmagandi va Sankt-Peterburgga borişga majbur bölgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing